Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti
Bizning anjuman boshlanishi uchun
Kun
Soat
Minut
Daqiqa
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI
TURKIYA ARZURUM ATATURK UNIVERSITETI
TURKIYA BANDIRMA ON YEDI UNIVERSITETI
AHMAD YASSAVIY NOMIDAGI XALQARO TURK-QOZOQ UNIVERSITETI
MUXTOR AVEZOV NOMIDAGI JANUBIY QOZOG‘ISTON DAVLAT UNIVERSITETI
HAYDAR ALIYEV NOMIDAGI OZARBAYJON MADANIYAT MARKAZI
“SCIENCE AND INNOVATION” XALQARO ILMIY JURNALI
“ILM-FAN VA INNOVATSIYA:
MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA ISTIQBOLLAR”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2024-yil 17-18-may, Toshkent – Chirchiq, O‘zbekiston
Anjumandan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonni izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish va amaliyotga joriy etish muammolarini muhokama qilishdan iborat. Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar bo‘yicha olimlar tomonidan qo‘lga kiritilayotgan so‘ngi yangiliklarni amaliyotga joriy qilish, qolaversa, hozirgi globallashuv davrida turkiy tilli davlatlarning mushtarak tarixi, tili va boshqa jihatlarini o‘zida yoritgan ilmiy ishlarni ommalashtirish anjuman bosh maqsadlaridan hisoblanadi.
Anjumanning maqsadi va formati
Anjumanning eng muhim vazifasi
Anjumanga jarayoniga nafaqat olimlar va doktorantlarni, talabalarni ham jalb etishdan iborat. Anjumanni o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratiladi: kompyuter, elektron proyektor va zaruriy dasturiy ta’minot. Taqdimotlar Power Point dasturida tayyorlanishi kerak. Ilmiy ish natijalarini taqdimot ko‘rinishida ma’ruza qilish har bir ma’ruzachiga ko‘rgazmada o‘z ishlanmalari natijalarini namoyish etish imkoniyatini beradi. Konferensiya formati har bir ma’ruzaning aniq boshlanish vaqtini va davomiyligini belgilaydi.
Maqolada kо‘tarilgan muammolarning mazmuni, tadqiqot uslubining tavsifi, muallif tomonidan olingan ma’lumotlar hamda xulosalar qisqa va aniq bо‘lishi kerak.
Rasmiylashtirishga qо‘yiladigan talablar:
 Maqola nomi, annotatsiya va kalit soʻzlar ko‘rsatib o‘tilishi lozim;
 Maqola matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega boʻlishi kerak;
 Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 12 oʻlchamida, 1,15 intervalda boʻlishi va 5-6 bet hajmda (to‘liq) bo‘lishi lozim.

ANJUMAN MATERIALLARIGA QО‘YILADIGAN TALABLAR

Maqolalar qabuli
Maqola va tezislar 2024-yil 1-mayga qadar qabul qilinadi.
ESLATMA! Anjuman uchun maqola yuklangandan so‘ng elektron pochta xabarlariga ogoh boʻling. Agar sizga qayta yuborish xabari jo‘natilsa, maqolaga tuzatishlar kiritib qaytadan yuborishingiz so‘raladi.
Maqola anjuman dasturiga kiritilganligi haqidagi ma’lumot muallifga 2024-yil
10-maygacha elektron pochta yoki telegram messenjeri orqali xabar qilinadi. To‘plamni nashr etish, anjumanni tashkil etish hamda maqolalarga DOI raqam olib, xalqaro bazalarga indekslash xarajatlarini qoplash uchun har bir maqola uchun
130 000 so‘m to‘lov olinadi.
Bogʻlanish uchun:
(+99899) 822-58-64 – Ma’rufjon Dustmurodov
(+998 93) 354 96 54 – Feruza Ollamurodova
Eslatma: konferensiyada mutaxassislar an’anaviy va ZOOM platformasi orqali ishtirok etishlari mumkin. Konferensiya ZOOM identifikatori konferensiya dasturi va saytda e’lon qilinadi.
Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Metallurgchilar, 1-uy. Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, A binosi.
MUHIM SANALAR

Ro'yxatdan o'tish
Faylni yuklang
Made on
Tilda